Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Isroil prokuraturasi Netanyahuning rafiqasiga qarshi tergov boshladi — The Times of Israel

Isroil prokuraturasi Netanyahuning rafiqasiga qarshi tergov boshladi — The Times of Israel

Sara Netanyahu turmush o‘rtog‘ining tergov ishlari bo‘yicha muhim guvohlarga qarshi kampaniya tashkillashtirish, shuningdek, sud jarayoniga aralashishda gumonlanmoqda.

Tergov jarayoni Isroilning Channel 12 telekanali reportajidan keyin boshlangan. Channel 12 jurnalistlari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvga ko‘ra, Sara Netanyahu bosh vazirning sobiq yordamchisi Xanni Bleyvaysdan Binyamin Netanyahu ishi bo‘yicha muhim guvoh — Xadas Klyaynga qarshi onlayn norozilik kampaniyasi tashkillashtirishni so‘ragan.

Tergov jarayoniga Isroil Bosh prokuraturasining kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari va polisiyachilar jalb etilgan. Mamlakat Bosh prokurori Gali Baharav-Miara Sara Netanyahuga qarshi tergovni boshlash ko‘rsatmasini 26 dekabrda bergan, biroq jamoatchilik bu haqda endi xabar topdi.

Kiritildi: 13:06 03.02.2025. O'qildi: 1036 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!