Falastin yerlarini bosib olgan isroillik posyolka aholisi G‘arbiy sohilda zaytun terish mavsumi boshlangani munosabati bilan falastinlik dexqonlarga hujumlarni kuchaytirmoqda.
Isroil ishg‘oli ostida yashovchi falastinliklar uchun zaytun daraxti asosiy tirikchilik manbai bo‘lib qolmoqda. Har yili hosil mavsumi boshlanishi bilan posyolka aholisi tomonidan hujumlar soni ortadi.
Falastin manbalari ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan oyda 71 ta hujum qayd etilgan, natijada bir kishi halok bo‘lgan, 99 kishi yaralangan. Bu hujumlarning yarmi aynan zaytun terimi paytida sodir bo‘lgan.
Isroil polisiyasi va harbiylari himoyasi ostidagi ekstremistlar taxminan 1,400 ta zaytun daraxti va ko‘chatlarni ildizi bilan qo‘porib tashlashgan.
So‘nggi yillarda hosil yig‘im-terimi paytidagi hujumlar soni keskin ko‘paygan. O‘tgan yili 200 dan ortiq hodisa qayd etilgan — bu 2023 yilga nisbatan deyarli ikki barobar ko‘p.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1967 yildan beri ishg‘ol qilib kelinayotgan G‘arbiy sohilda 250 ta noqonuniy isroil posyolkalari joylashgan. Ularda taxminan 451 ming isroillik, shuningdek, 230 mingga yaqin kishi Sharqiy Quddusda yashaydi.
Xalqaro huquq normalariga ko‘ra, bu posyolkalar noqonuniy deb hisoblanadi.