Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil Mudofaa vaziri: "G‘azoliklarning kamida 40 foizi anklavni tark etishni xohlaydi"

Isroil Mudofaa vaziri: "G‘azoliklarning kamida 40 foizi anklavni tark etishni xohlaydi"

Isroil hisob-kitoblariga ko‘ra, G‘azo aholisining kamida 40 foizi anklavdan "ixtiyoriy imigrasiya"ga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda yahudiy davlati mudofaa vaziri Israel Kas ma’lum qildi.

"Biz AQSh prezidenti Donald Trampning butun dunyo bo‘ylab ko‘chib o‘tishni xohlovchi g‘azoliklarga ixtiyoriy imigrasiya imkoniyatlarini taqdim etish haqidagi g‘oyasini amalga oshirishga sodiqmiz. Bizning tadqiqotimiz shuni ko‘rsatadiki, G‘azoliklarning kamida 40 foizi ko‘chib ketishga qiziqadi”, - dedi Israel Kas.

Vazirning bayonoti bir hafta avval Isroil Mudofaa vazirligi tarkibida tashkil etilgan G‘azodan ixtiyoriy ko‘chirish boshqarmasi boshlig‘ining tayinlanishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi.

Ushbu muassasa rahbari Mudofaa vazirligi bosh direktorining o‘rinbosari, iste’fodagi polkovnik Yakov Blitshteyn edi.

Kiritildi: 00:04 31.03.2025. O'qildi: 610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!