Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil Misrda ham HAMAS yetakchilariga qarshi operasiyani rejalashtirganmidi?

Isroil Misrda ham HAMAS yetakchilariga qarshi operasiyani rejalashtirganmidi?

Isroil Misrda ham HAMAS yetakchilariga qarshi operasiyani rejalashtirgan, ammo Qohira buning oqibatlaridan ogohlantirgan, deb xabar bermoqda Middle East Eye

Nashrning manbalariga tayanib xabar berishicha, Misr maxsus xizmatlari Isroil Qohirada HAMAS yetakchilarini yo‘q qilishga qaratilgan operasiya rejalashtirganini fosh etgan va Isroilga bunday hujumlarga kuch bilan javob qaytarilishi haqida ogohlantirish bergan.

"Misr hududida HAMAS yetakchilariga qasd qilishga har qanday urinish Misr suverenitetini buzish, shuningdek, Isroil tomonidan urush e’lon qilinishi deb baholanadi. Bunday vaziyatda biz ikkilanmasdan tegishli javob choralarini ko‘ramiz”, — dedi nashrning Misr xavfsizlik kuchlaridagi yuqori martabali manbasi.

Kiritildi: 21:09 15.09.2025. O'qildi: 1222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!