Afinada Isroil milliy jamoasi bosh murabbiyiga hujum uyushtirildi. Bu haqda derby.it nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, murabbiy Ben Shimon Konferensiyalar ligasi saralashidan o‘rin olgan Gresiyaning «AEK» va Isroilning «Hapoel Be'er Sheva» klublari o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun Afinaga uchib kelgan.
Ammo o‘yin oldidan u yoqimsiz vaziyatga tushib qolgan, ya’ni bir muxlis yahudiylarni haqorat qilib, Falastinga erkinlik berish haqidagi shiorlar bilan murabbiyga xitob qilgan.
«Biz qiyin vaziyatga tushib qoldik. Bezori o‘zi emas edi, u vaziyat keskinlashishi uchun provokasiya qilayotgan edi. Biz birinchi uchragan taksiga o‘tirib, stadionni tark etdik», - dedi Shimon.