Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil Madrimov rossiyalik Jahon chempioni bilan jang qilish istagida

Isroil Madrimov rossiyalik Jahon chempioni bilan jang qilish istagida

Boxing Scene nashri jurnalisti Lens Pagmayr prof boksning super yarim o‘rta vazn toifasida WBA yo‘nalishi bo‘yicha sobiq chempion Isroil Madrimov haqida ma’lumot berdi.

Pagmayrning so‘zlariga ko‘ra, Isroil yana bir-ikkita jangdan keyin IBF kamari sohibi Baxram Murtazaliyevga qarshi ringga ko‘tarilish niyatida.

"Isroil Madrimov Krouford va Ortis bilan jangda orttirib olgan burnidagi va boshqa jarohatlardan tiklanmoqda. Reja bo‘yicha u bir yoki ikkita jang o‘tkazib, keyin super yarim o‘rta vaznda IBF chempioni Baxram Murtazaliyevga qarshi chiqmoqchi", deb yozgan Pagmayr o‘zining X sahifasida.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Xorazmda tug‘ilgan Isroil Madrimov prof faoliyati davomida 13 ta jang o‘tkazib, 10 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. 32 yashar rossiyalik Baxram Murtazaliyev hisobida esa birorta mag‘lubiyatsiz 23 ta g‘alaba mavjud.

Kiritildi: 20:14 29.07.2025. O'qildi: 1033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!