Professional bokschimiz Isroil Madrimov Terens Krouford va Virjil Ortisga qarshi kechgan janglardan keyingi vaziyatiga munosabat bildirdi.
- Hozir tiklanish davridaman. O‘zimni tiklab olgach mashg‘ulotlarni boshlayman. Xorijda tibbiy ko‘rikdan o‘tib, tiklanib kelish niyatim bor.
- Ketma-ket ikki mag‘lubiyat, garchi kuchli bokschilardan qabul qilingan bo‘lsa-da, faoliyatingizni ortga tortmaydimi?
- Unday bo‘lmaydi, deb o‘ylayman. Chunki so‘nggi ikki jangimda juda katta tajriba to‘pladim. G‘alaba yaxshi, lekin katta tajriba undan ham yaxshi. Bunday janglardagi tajriba kelgusida menga as qotadi.
Kayfiyat tushishi yo‘q. Bunday tajribani yig‘ish uchun yillar kerak bo‘ladi", - dedi Madrimov.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov bu ikki tajribali bokschiga qarshi chempionlik janglarida ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy bergan edi.