Bugun 2 may, 2026 yil, shanba

КИР

Isroil Livanga xabar yubordi

Isroil Livanga xabar yubordi

Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) «Hizbulloh» tashkiloti ob’ektlariga havo hujumlari boshlanishidan oldin Livan janubidagi to‘qqizta qishloq aholisini evakuasiya qilish bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi.

Jibshit, Habbush, Ebba, Ad-Duvayr, Haruf, Dayr az-Zahraniy, Kafr-Joz, Adshit al-Shaqif va Kaaqiyyat al-Jisr aholi punktlarida yashovchilardan yashash joylarini kamida bir kilometr masofaga tark etish talab qilingan.

«Hizbulloh»ning faoliyati SAXALni unga qarshi chora ko‘rishga majbur qilmoqda, shu bilan birga armiya sizga zarar yetkazish niyatida emas», — dedi Isroil mudofaa armiyasining arab tilidagi matbuot xizmati vakili polkovnik Avixay Edrai.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2 martdan beri Isroil hujumlari oqibatida 2 600 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 14:26. O'qildi: 258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!