Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Isroil Livandan qo‘shinlarini olib chiqmasligini ma’lum qildi

Isroil Livandan qo‘shinlarini olib chiqmasligini ma’lum qildi

Netanhyaxu Trampga Isroil Livandan qo‘shinlarini olib chiqmasligini va AQShning Eron bilan kelishuvidagi "Livan bandi"ni bajarmasligini aytdi.

Bu haqda Ynet portali manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Isroil bosh vaziri mamlakat armiyasi terrorchilik infratuzilmasini yo‘q qilishni va "Isroilga qarshi har qanday hujumlarga" javob qaytarishni davom ettirishini "aniq tushuntirgan".

Isroil AQSh va Eron o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay, Livan janubidan qo‘shinlarini olib chiqmaydi. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Isroil Kasning The Times of Israel nashriga iqtibos keltirgan bayonotida aytiladi:

"Bosh vazir Binyamin Netanyaxu va men Isroil mudofaa kuchlari Livan, Suriya va G‘azo sektoridagi "xavfsizlik zonalari"da chegara va Isroil aholi punktlarini u yerdan jihodchi elementlardan himoya qilish uchun hech qanday vaqt cheklovlarisiz qolishini nazarda tutuvchi aniq siyosatni amalga oshirmoqdamiz."

Kas, shuningdek, "xavfsizlik zonalari" "mahalliy aholidan tozalanishini va barcha terrorchilik infratuzilmasi, yer usti va yer osti, jumladan, terrorchilarning tayanch punktlari bo‘lib xizmat qilgan aloqa chizig‘idagi qishloqlardagi uylar yo‘q qilinishini" aytdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Netanyaxu Isroilning bu boradagi pozisiyasini AQSh prezidenti Donald Trampga, Kasning o‘zi esa AQSh mudofaa vaziri Pit Xegsetga yetkazgan.

Kiritildi: Bugun 15:15. O'qildi: 368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!