Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Isroil Livandagi qutqaruv guruhiga hujum qildi

Isroil Livandagi qutqaruv guruhiga hujum qildi

Isroil havo kuchlari Livan janubida qutqaruv guruhiga hujum qildi.

Bu haqda Livan armiyasi xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolik mudofaasi bo‘linmalari Livan harbiy xizmatchilari bilan birgalikda Majdal Zun shahrida (Tire tumani) tinch aholini qutqarish operasiyasini amalga oshirayotgan edi.

"Isroilning o‘qqa tutilishi natijasida ikki livanlik askar yaralangan", deyiladi bayonotda.

Avvalroq, Isroil havo kuchlari Livan janubidagi sakkizta aholi punktiga, shuningdek, Tirning sharqidagi hududlarga hujum qilgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: Bugun 07:15. O'qildi: 281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!