Isroil Mudofaa Kuchlari Livan janubidagi xavfsizlik zonasiga qurol olib kirayotgan "Hizbulloh" jangarilariga hujum qildi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.
"Bugun 91-diviziya kuchlari Livan janubidagi xavfsizlik zonasiga tankga qarshi raketalar va qurollarni olib kirayotgan "Hizbulloh" terrorchilari guruhini aniqladilar. Ular xavfsizlik zonasiga transport vositasida kirib, zonadagi bino ichidagi tankga qarshi raketalarni tushirib yuborishdi", deyiladi bayonotda.
Jangarilar kirgandan so‘ng, Isroil armiyasi "tahdidni yo‘q qilish" uchun havo hujumini boshlagani aniqlandi.
Matbuot xizmati "zarbadan so‘ng, bino ichida qurol borligini tasdiqlovchi ikkilamchi portlashlar aniqlanganini" ta’kidladi.