Bugun 31 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Isroil Livanda harbiy operasiya o‘tkazdi

Isroil Livanda harbiy operasiya o‘tkazdi

Xujum oqibatida hokimiyat xodimi halok bo‘ldi.

Livanning janubida joylashgan Bilda shahrida Isroil qo‘shinlari ishtirokida harbiy operasiya o‘tkazildi. Livan davlat axborot agentligining ma’lum qilishicha, dronlar va yengil zirhli texnika yordamida amalga oshirilgan hujum chog‘ida shahar ma’muriyati binosi o‘qqa tutilgan. Natijada binoda bo‘lgan mahalliy hokimiyat xodimi Ibrohim Salame halok bo‘lgan.

Isroil armiyasi amaliyot "Hizbulloh"ga tegishli infratuzilmani yo‘q qilishga qaratilganini bildirdi. Ularga ko‘ra, bino ichida “to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solgan shubhali shaxs” aniqlangan va o‘t ochish shundan so‘ng amalga oshirilgan. Biroq Livan tomoni hamda mahalliy manbalar binoning “Hizbulloh”ga tegishli ekanini tasdiqlovchi dalillar keltirilmaganini ta’kidlab, Isroilni mamlakat suverenitetini buzganlikda aybladi.

Hodisadan keyin Bilda va unga yaqin aholi punktlarida Isroil agressiyasiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazildi. Livan bosh vaziri bu harakatni “Livan hududiy yaxlitligining qo‘pol ravishda buzilishi” sifatida qoraladi.

So‘nggi haftalarda Isroil Livanda “Hizbulloh” va Eron bilan bog‘liq deb baholangan nishonlarga nisbatan hujumlarini kuchaytirgan. 2024 yil oxirida ham Isroil chegara hududlariga qo‘shin kiritib, tashkilotga jiddiy zarba berilganini, jumladan uning uzoq yillar rahbari Hasan Nasrulloh nobud etilganini ma’lum qilgan edi.

Mazkur hodisa ikki mamlakat o‘rtasidagi keskinlik yanada kuchayishi va harbiy to‘qnashuvlar avj olishi ehtimolini oshirmoqda.

Kiritildi: 22:24 30.10.2025. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!