Isroil havo kuchlari juma kuni kechqurun Livan sharqidagi Bekaa vodiysiga yangi zarba berdi.
Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Nishon harbiy infratuzilma ob’ekti bo‘lib, uning hududida, armiya ma’lumotlariga ko‘ra, qurol bor edi. Matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, Isroil bu inshootga avval ham hujum qilgan, biroq yaqinda harbiylar "Hizbulloh" tashkiloti qurolli bo‘linmalarining uni qayta tiklashga urinishlarini aniqlagan.
"Isroil mudofaa kuchlari Isroil davlatiga har qanday tahdidni bartaraf etish choralarini ko‘rishda davom etadi va Hizbullohning terrorchilik salohiyatini tiklashga qaratilgan har qanday urinishlarining oldini oladi”, — deya ogohlantirgan harbiylar.