Bu Golan tepaliklarida 12 bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan aholi punktiga qilingan hujumga javob bo‘lishi mumkin.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil mudofaa kuchlari Beyrutda Majdal Shamsdagi bolalar o‘limi uchun javobgar bo‘lgan Hizbullohning yuqori martabali qo‘mondoni joylashgan manzilga zarba bergan.
“Al-Arabiya”ning xabar berishicha, hujum “Hizbulloh”ning Bayrutning Dahiya tumanidagi binolaridan biriga urildi.
Isroil nashrlarining yozishicha, hujumda Hizbullohning yuqori martabali amaldori «Haj Mohsen» nishonga olingan.
Haj Mohsen Hizbullohning «yuqori aniqlikdagi raketalar» loyihasi qo‘mondoni hisoblanadi. Uni, shuningdek, tashkilotning «2-raqamli» a’zosi deb ham atashadi.