Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Isroil kasaba uyushmalari federasiyasi (Hisatdrut) dushanba kuni umumiy ish tashlash e’lon qildi

 Isroil kasaba uyushmalari federasiyasi (Hisatdrut) dushanba kuni umumiy ish tashlash e’lon qildi

Ma’lum qilinishicha, ish tashlash G‘azo sektorida HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod etish talabi bilan o‘tkaziladi.

"G‘azo tunnellarida yahudiylar o‘ldirilmoqda. Buni tushunishning iloji yo‘q va uni to‘xtatish kerak. Garovga olinganlarni ozod qilish haqidagi kelishuv hamma narsadan muhimroqdir. Men Isroil xalqini bugun va ertaga ko‘chalarga chiqishga va ish tashlashda qatnashishga chaqiraman", — dedi Histadrut rahbari Arnon Bar-David.

Ish tashlash 2 sentyabr kuni ertalab soat 6 da boshlanadi va kun davomida davom etadi. Bar-Davidning aytishicha, keyingi harakatlar bo‘yicha qarorlar keyinroq qabul qilinadi.

Kiritildi: 22:17 01.09.2024. O'qildi: 1075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!