Isroil armiyasi tongda Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi Jenin shahrini bosib oldi, deb xabar bermoqda xorijiy OAV.
Qayd etilishicha, isroilliklar harbiy texnika va buldozerlar hamrohligida shaharning sharqiy qismini Halima Al-Saadiya va Bayader mahallalari yo‘nalishida egallab olgan.
Falastin axborot agentligi Isroil armiyasi Jeninning davlat kasalxonasini qurshab olganini aytdi. Harbiylar unga olib boruvchi yo‘llarni to‘sib qo‘ygan va binoni buzishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. WAFA, shuningdek, 7 oktyabrga o‘tar kechasi Isroil harbiylari Tulkarm shahriga kirgani haqida ham ma’lum qildi.