Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 420 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Zaytun hududi, Dayr al-Balah, Bayt-Lahia, Jabaliya va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. So‘nggi 24 soat ichida Isroil armiyasi tomonidan G‘azo sektorining turli hududlarida uyushtirilgan “uchta qirg‘in” oqibatida 48 kishi halok bo‘ldi, 53 kishi jarohatlandi.
▪️2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar soni 44 ming 330 nafarga, yaralanganlar soni esa 104 ming 933 nafarga yetdi.
▪️Al-Quds brigadalari: G‘azo shimolidagi ishg‘olchilarning pozisiyalariga hujum qildik, o‘lganlar va yaralanganlar bor.
▪️Evropa Ittifoqi rahbari: Isroil jamiyati ekstremistlar va zo‘rlovchilar tomonidan ichkaridan mustamlaka qilingan.
▪️YUNRVA rahbari: G‘azodagi urushda halok bo‘lganlarning kamida 70 foizi ayollar va bolalardir.
▪️BMT rahbari: Biz Falastin xalqining tinchlik, xavfsizlik va qadr-qimmat sharoitida yashash huquqini amalga oshirishda birdamligimizni ko‘rsatishda davom etamiz.
▪️Husiylar: Hujumlarimiz AQSh Harbiy-dengiz kuchlari tarixida birinchi marta samolyot tashuvchilarning chekinishga majbur bo‘lishiga olib keldi. Qizil dengizdan «Eyzenxauer», Arab dengizidan “Abraham Linkoln” aviatashuvchi kemalari qochib ketdi.
▪️Livan Qurolli Kuchlari Isroil askarlarini sulh bitimini buzganlikda aybladi.
▪️Suriyada jangarilar hujumi chog‘ida Eron Islom Inqilobi Qo‘riqchilari generali halok bo‘ldi. Tehron bu hujumni AQSh va Isroilning mintaqani beqarorlashtirishga qaratilgan hiylasi deb atadi.
▪️Isroil parlamenti Isroil ishg‘oliga qarshilik ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlovchi, aniqrog‘i arab partiyalarning mahalliy saylovlarda ishtirok etishini taqiqlashga qaratilgan qonunni qabul qildi. Knesset, shuningdek, hukumatni haddan tashqari tanqid qilgani uchun Kan teleradiokorporasiyasini yopish to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi.