Isroil hukumati bortida Greta Tunberg bo‘lgan "Madleen" kemasini to‘xtatish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga qaror qildi,
Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar bermoqda.
Nashrning ma’lum qilishicha, kema insonparvarlik yordami yuklari bilan G‘azo sektori tomon yo‘l olgan. Faollar keyingi 48 soat ichida G‘azo qirg‘oqlariga yaqinlashishi kutilmoqda.
Gazeta suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, ular orasida Fransiya va Shvesiya fuqarolari, shu jumladan diplomatlar ham bor.