Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil hujumlari G‘azoda 100 dan ortiq falastinlikni halok etdi

Isroil hujumlari G‘azoda 100 dan ortiq falastinlikni halok etdi

Bugun tong saharda boshlanib, G‘azo bo‘ylab davom etgan Isroil havo hujumlari 100 dan ortiq falastinlikni halok etdi, o‘nlab odamlar vayron bo‘lgan binolar ostida bedarak yo‘qoldi.

HAMAS xalqaro hamjamiyatni Isroilni "vahshiyona tarzda kuchaytirilgan hujumlar" uchun javobgarlikka tortishga chaqirdi.

Bundan oldin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu HAMASni yo‘q qilish maqsadida va’da qilingan harakatlarni kuchaytirish niyatini yana bir bor tasdiqlagan edi.

Husiylar nazoratidagi ommaviy axborot vositalari Isroilning Yamanning Xudayda portiga yana bir marta zarba berganini xabar qildi.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Isroilning G‘azoga qarshi urushi natijasida kamida 53 119 falastinlik halok bo‘ldi, 119 919 kishi jarohat oldi.

Hukumat matbuot xizmati vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar halok bo‘lgani taxmin qilinayotganini aytib, qurbonlar sonini 61 700 dan ortiq kishiga yetganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 19:58 16.05.2025. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!