Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil harbiylari Yamanga zarba berdi

Isroil harbiylari Yamanga zarba berdi

SAXAL kuchlari 6 iyul kuni kechqurun Yamanning Hodeyda, Ras-Isa va As-Salif portlari hamda Ras-Qanatib elektr stansiyasiga zarba bergani haqida xabar berdi.

"Ro‘yxatda keltirilgan portlar husiylar tomonidan Isroil davlati va uning ittifoqchilariga qarshi terrorchilik amaliyotlarini o‘tkazishda foydalaniladigan qurol-yarog‘larni tashishda foydalaniladi", deyiladi SAXAL xabarida.

Isroil harbiylarining qo‘shimcha qilishicha, Ras-Isa portida 2023 yil noyabrida husiylar tomonidan qo‘lga olingan Galaxy Leader yuk kemasi yo‘q qilingan. SAXAL ma’lumotlariga ko‘ra, Yaman husiylari boshqa kemalar harakatini kuzatish maqsadida unga radar o‘rnatgan.

Isroil mudofaa vaziri Israel Kas husiylarga qarashli portlar va elektr stansiyasiga harbiy-havo kuchlari tomonidan hujum qilinganini tasdiqladi va yangi operasiya “Qora bayroq” deb nomlanganini e’lon qildi.

Ayni paytda husiylar "Yaman havo kuchlari Isroilning tajovuzkorligiga qarshi turishini" bildirdi. Shuningdek, ular Tel-Avivdagi Ben-Gurion xalqaro aeroportiga gipertovushli ballistik raketa bilan muvaffaqiyatli zarba bergani haqida xabar berdi.

Kiritildi: 12:29 07.07.2025. O'qildi: 612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!