Isroil havo kuchlari yaqinda Livan janubi va Bekaa vodiysi sharqida "Hizbulloh"ning yer osti qurol-yarog‘ omborlariga zarba berdi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Hizbulloh" butun Livan bo‘ylab terrorchilik infratuzilmasini tiklashga urinishda davom etmoqda, bu Livan va Isroil o‘rtasidagi kelishuvlarni ochiqdan-ochiq buzadi", - deya qo‘shimcha qildi Isroil armiyasi.