Isroil G‘azo sektoridagi operasiya davomida o‘z oldiga qo‘ygan barcha maqsadlariga erishmoqchi va HAMASga yon bermaydi, — Netanyaxu.
"Agar HAMAS bizning kelishuvga erishishga tayyorligimizni zaiflik, bizga Isroilni xavf ostiga qo‘yadigan taslim bo‘lish shartlarini aytib berish imkoniyati sifatida qabul qilsa, ular chuqur adashadi. Biz urushning barcha maqsadlariga erishishga qat’iy qaror qildik", - dedi Isroil bosh vaziri.
Netanyaxuning aytishicha, Isroil Fransiyaning Falastinni tan olish qarorini qoralaydi va buni "terror uchun mukofot" va uning mavjudligiga tahdid deb biladi.
Hamas esa Fransiyaning sentyabr oyida Falastinni tan olish niyatini olqishlagan.