Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil G‘azoga hujum qilib, besh kishini o‘ldirdi

Isroil G‘azoga hujum qilib, besh kishini o‘ldirdi

Isroil askarlari G‘azo sektori janubidagi Rafah shahri yaqinidagi tunneldan chiqqan qurolli besh terrorchini yo‘q qildi.

Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi ma’lum qildi.

"Askarlar Rafax sharqida harakatlarini davom ettirmoqda. Hududda besh nafar qurolli terrorchi aniqlanib, yo‘q qilindi", - deyiladi bayonotda.

Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, terrorchilar Rafax sharqida joylashgan yer osti inshootidan chiqqan bo‘lishi mumkin.

"Qo‘shinlar o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq joylarda qolmoqda va har qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidni bartaraf etish uchun harakatni davom ettirmoqda", — deyiladi bayonotda.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!