BMT Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Isroil G‘azoga har kuni 70 ming litr yonilg‘i olib kirishga ruxsat berganini ma’lum qildi.
– G‘azoga 19 noyabr kuni Misr orqali 69 ming litr yonilg‘i kiritildi, – deyiladi hujjatda. – Isroil hukumati hududga har kuni 70 ming litr yonilg‘i olib kirishga ruxsat berganini tasdiqlagan. Afsuski, bu gumanitar missiyani amalga oshirish uchun talab qilinadigan miqdordan kam.
Avvalroq G‘azo sektorida faoliyat olib borayotgan BMT missiyasi har kuni 160 ming litr yonilg‘i kerak, deya bayonot bergan edi.