🇮🇱 Isroil G‘azo sektorida o‘zining qo‘llab-quvvatlayotgan blokadasi tufayli yuzaga kelgan qattiq ochlik vaziyatida Janubiy Sudan aholisiga gumanitar yordam yuborishini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
🗣 «Janubiy Sudandagi jiddiy gumanitar inqirozni inobatga olgan holda, Isroilning xalqaro rivojlanish bo‘yicha hamkorlik agentligi (MASHAV) mamlakatdagi zaif aholi guruhlariga shoshilinch yordam ko‘rsatadi», — deyiladi rasmiy bayonotda.
📌 Bu xabar Isroil G‘azodan majburiy ko‘chirilgan falastinliklar uchun Janubiy Sudanni ehtimoliy manzil sifatida ko‘rib chiqqanini tasdiqlovchi ma’lumotlar tarqalganidan so‘ng e’lon qilindi.
🔹 Shuningdek, o‘tgan hafta Isroil TIV vazirining o‘rinbosari Janubiy Sudanga tashrif buyurdi.
❗ Janubiy Sudan rasmiylari esa falastinliklarni mamlakatga joylashtirish rejalarini keskin rad etmoqda.
🚫 Eslatib o‘tamiz, 2 martdan buyon Isroil G‘azoda barcha chegaralarni yopib, gumanitar yordam kolonnalarini kiritmaslik orqali ochlik siyosati olib bormoqda. Taqdim etilgan yordam hajmi ehtiyojdan ancha kam bo‘lgan.
☠️ Oqibatda ochlikdan halok bo‘lganlar soni 217 nafarga yetgan, shundan kamida 100 nafari bolalardir.