Isroil Livan janubiga hujum qildi va G‘azoda ikki kunda 130 kishini o‘ldirdi.
-Isroil armiyasi Livan janubiga hujum qilib, kamida ikki kishini o‘ldirdi. Bu Isroil shimoli tomon uchta raketa uchirilganiga javoban bo‘ldi. Hizbulloh bu raketalarni uchirishga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.
- Qamal qilingan G‘azo sektorida G‘azo shahriga tungi kuchli havo hujumi natijasida besh bola halok bo‘ldi. Isroil hujumlari davom etayotgan bir paytda, oilaning kamida sakkiz a’zosi vayronalar ostida qolib ketgan.
- So‘nggi ikki kun ichida Isroilning butun G‘azo bo‘ylab uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 130 falastinlik halok bo‘lgani sog‘liqni saqlash idoralari tomonidan ma’lum qilindi.
- G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Isroilning G‘azoga qarshi urushida 49 747 falastinlik halok bo‘lgani va 113 213 nafari yaralangani tasdiqlangan. G‘azo hukumati matbuot xizmati esa vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab falastinliklar ham halok bo‘lgan deb taxmin qilinayotganini aytib, umumiy qurbonlar sonini 61 700 dan ortiq kishiga yetkazdi.