Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil G‘azoda HAMASga qarshi yangi qo‘mondonni qo‘llab-quvvatlamoqda — yuzlab oilalar uning hududiga ko‘chmoqda

Isroil G‘azoda HAMASga qarshi yangi qo‘mondonni qo‘llab-quvvatlamoqda — yuzlab oilalar uning hududiga ko‘chmoqda

Yosir Abu-Shabob rahbarligidagi guruh HAMASdan mustaqil anklavni shakllantirmoqda. Isroil uni qo‘llab-quvvatlamoqda, aholi esa xavfsizlik izlab shu hududga ko‘chmoqda.

Isroil G‘azo sektorida HAMAS nazoratidan mustaqil ravishda faoliyat yurituvchi Yosir Abu-Shabob rahbarligidagi fuqarolik qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlayotgani ma’lum qilindi. Abu-Shabob Rafah shahridagi Tarabin qabilasiga mansub badaviy bo‘lib, hozirda «Falastin xalq kuchlari» nomli guruhni boshqarmoqda.

8 iyun kuni u ommaviy murojaatida HAMASni G‘azoni tark etishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yuzlab norozilik namoyishlari aholi noroziligining ochiq ifodasidir. Uning anklaviga allaqachon yuzlab oilalar ko‘chib o‘tgan.

2024 yilda HAMAS Abu-Shabobning akasiga suiqasd uyushtirgan. Siyosiy tahlilchi Filipp Fabian bu harakatni shaxsiy intiqom deb baholaydi. Ayrim isroillik siyosatchilar esa mazkur guruh keyinchalik Isroilga qarshi chiqishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

«Tinch kommunikasiya markazi» rahbari Jozef Braude esa bu jarayonni ijobiy o‘zgarish deb baholab, HAMASdan keyingi davr uchun fuqarolik boshqaruvi vujudga kelayotganini ta’kidladi.

Biroq u AQSh bosimi bilan ehtimoliy Isroil–HAMAS sulhi ana shunday jarayonlarni to‘xtatib qo‘yishi mumkinligini aytdi. Chunki HAMAS har qanday tanaffusdan raqiblarga qarshi intiqom uchun foydalanadi, dedi u.

Kiritildi: 19:08 12.06.2025. O'qildi: 1052 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!