Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil G‘azoda yetti harbiy xizmatchining halok bo‘lganini tan oldi

Isroil G‘azoda yetti harbiy xizmatchining halok bo‘lganini tan oldi

Isroil armiyasi seshanba kuni G‘aza sektori janubida bir ofiser va olti askar halok bo‘lganini ma’lum qildi. Harbiy matbuot xizmatiga ko‘ra, ular Xon-Yunusda bronetransportyor portlashi oqibatida halok bo‘lgan. Marhumlarning barchasi muhandislik qo‘shinlarining 605-batalyonida xizmat qilgan.

Bu G‘azoda 2023 yil oktyabrda boshlangan quruqlikdagi harbiy operasiyadan beri Isroil armiyasi uchun eng halokatli hujumlardan biri hisoblanadi. Hozirgacha 860 dan ortiq isroillik harbiy halok bo‘lgan, ularning 400 dan ziyodi bevosita G‘aza sektorida jon bergan.

Xalqaro hamjamiyat o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiryotganiga qaramay, Isroil 2023 yil oktyabridan buyon G‘azoda vayronkor harbiy kampaniya olib bormoqda. Buning oqibatida 66 000 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan, shularning kamida 10 000 nafari vayronalar ostida qolgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi ayollar va bolalardir.

2023 yil noyabrida Xalqaro jinoiy sud Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantga nisbatan harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar bo‘yicha hibsga olish orderini chiqargan edi. Shuningdek, Isroil BMTning Xalqaro sudida genosid ishi bo‘yicha ham javobgar sifatida ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 08:01 26.06.2025. O'qildi: 473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!