Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) hech qanday kelishuv asosida G‘azo sektori yaqinidagi bufer hududni tark etish niyatida emas, deb xabar bermoqda Kan telekanali manbalarga tayanib.
"Har qanday vaqtinchalik yoki doimiy kelishuvga ko‘ra, Isroil G‘azo sektori atrofidagi xavfsizlik zonasini tark etmaydi," - deyiladi xabarda.
Manbaga ko‘ra, ushbu hudud Isroil aholi punktlarini himoya qiladi, shuningdek, Falastinning HAMAS harakatiga qurol-yarog‘ kontrabandasini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaydi.