Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 344 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Rafah, Xon Yunis, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 19 kishi shahid bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 41137 kishi shahid bo‘ldi.
▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Nablus, Tulkarm va Jeninga bostirib kirdi. Qarshilik mergani bir isroillik askarni otdi.
▪️Al-Quds brigadalari: Nitsarim o‘qida sionistlar nazorat shtabiga hujum qildik.
▪️Hizbulloh Amiaddagi harbiy bazaga hujum qildi. Isroil shimoliga 50 dan ortiq raketa uchirildi. Ayrim hududlarda yong‘inlar sodir bo‘ldi.
▪️The Intercept: Vashington Isroil janubida yoqilg‘i quyuvchi samolyotlarini joylashtirish uchun inshootlar qurish ustida ishlamoqda.
▪️Iordaniyada uch isroillikni otib o‘ldirgan shahid Maher Al-Jaziyning jasadini Isroildan qaytarish talabi bilan ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.
▪️YUNRVA: G‘arbiy Sohilda isroillik mergan bizning xodimimizni otib o‘ldirdi. Bu so‘nggi 10 yil ichida ushbu hududdagi birinchi o‘lim.
▪️Chili Janubiy Afrikaning G‘azodagi genosidda ayblab Isroilga qarshi ochgan da’vosiga qo‘shilish uchun ariza berdi.