Bugun 27 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Isroil G‘azo sektorida BMT faoliyatini taqiqladi

Isroil G‘azo sektorida BMT faoliyatini taqiqladi

Isroil hukumati BMTning Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA)ni G‘azo sektorida gumanitar yordam amalga oshirish huquqidan mahrum etdi.

📅 Bu qaror Xalqaro jinoiy sudning 22 oktyabr kuni Isroilga UNRWA faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik haqidagi chaqirig‘idan so‘ng qabul qilindi.

Isroil rasmiysi:
“UNRWA endi hech qachon G‘azoga qadam qo‘ymaydi.”

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil bu qaror haqida AQSh ma’muriyatini ham xabardor qilgan va agentlikning G‘azodagi insonparvarlik amaliyotlarida qatnashishiga qat’iyan qarshi ekanligini bildirgan.

UNRWA omborlarida minglab yuk mashinalarini to‘ldirishga yetadigan oziq-ovqat zaxiralari mavjud. Bu zaxiralar G‘azo aholisini 3 oygacha ta’minlash imkonini beradi. Shuningdek, vayronagarchilik oqibatida uysiz qolgan 1,3 million falastinlik uchun boshpana qurish materiallari ham tayyor holda turibdi.

Biroq Isroil ruxsat bermayotgani sababli bu yordamlar hanuz aholiga yetkazilmayapti.

Kiritildi: 20:21 24.10.2025. O'qildi: 623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!