Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil G‘azo sektori markazidagi yana bir qochqinlar lagerini vayron qildi

Isroil G‘azo sektori markazidagi yana bir qochqinlar lagerini vayron qildi

Isroil havo hujumi natijasida G‘azo sektori markazidagi Al-Manasra qochqinlar lageri butunlay vayron bo‘ldi.

Bu lagerda o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan yuzlab falastinlik oilalar joylashgan edi. Isroil hukumati shaharcha aholisiga ko‘chish uchun atigi besh daqiqa vaqt berdi. Hujum chog‘ida yaqin atrofdagi maktab ham vayron etildi.

Isroil 20 avgust kuni G‘azoni bosib olish operasiyasini tasdiqlagan edi.

Bugun Isroil harbiylari tibbiyot xodimlari va xalqaro tashkilotlarga aholini G‘azo shahridan evakuasiya qilishga tayyorgarlik ko‘rish zarurligi to‘g‘risida xabar berdi.

Kiritildi: 22:35 21.08.2025. O'qildi: 2106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!