Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil G‘azo aholisi uchun gumanitar yordamni samolyotlardan tashlab yuborishga ruxsat bermoqchi

Isroil G‘azo aholisi uchun gumanitar yordamni samolyotlardan tashlab yuborishga ruxsat bermoqchi

Bu haqda birinchi bo‘lib Isroil armiyasining radiokanali xabar berdi. “Yaqin kunlarda yana G‘azo sektoriga gumanitar yuklar tashlab yuboriladi”, — dedi Isroil manbasi Fransiyaning AFP axborot agentligiga.

Gumanitar yordamni havo orqali Iordaniya va Birlashgan Arab Amirliklari tashlashi kerak. Mos ravishda bu parvozlar Isroil harbiylari bilan muvofiqlashtiriladi.

📌 O‘tgan yili AQSh armiyasi Iordaniya, Misr va Fransiya bilan hamkorlikda G‘azoning shimoliga o‘n minglab ovqat porsiyalarini tashlab yuborgan edi.

So‘nggi paytlarda Falastinning qirg‘oq bo‘yidagi anklavidagi ocharchilik xavfi haqida jiddiy ogohlantirishlar ko‘paygan. Isroil bu borada javobgarlikni HAMAS terrorchilik tashkiloti va BMTga yuklamoqda. “Isroil ruxsati bilan yuzlab gumanitar yordam yuk mashinalari G‘azo sektoriga kirgan, biroq yordam aholiga tarqatilmay qolmoqda”, — deyiladi Isroil tashqi ishlar vazirligining 24-iyuldagi bayonotida. Vazirlik xorijiy jurnalistlarga yetkazib berilgan yordamlarni ham ko‘rsatdi. Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, HAMAS bu yuklarning to‘rtinchi qismini o‘z jangarilari uchun olib qolmoqda yoki oddiy aholiga pullab yubormoqda. Havo orqali yordam tashlash ushbu muammoning yechimi bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp HAMAS sulhga tayyor emasligini ochiq aytdi. Uning maxsus vakili Stiv Uitkoff amerikalik delegasiyani muzokaralardan chaqirib oldi. “Endi garovga olingan isroilliklarni uyga qaytarish uchun boshqa variantlarni ko‘rib chiqamiz”, — deb yozdi Uitkoff HAMAS tomonidan o‘g‘irlab ketilganlar haqida.

Kiritildi: 15:15 26.07.2025. O'qildi: 561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!