Al-Jazeera: Isroil amaldorlarining gaplarini tinglab ko‘rsangiz, ularning rejasi aniq-ravshan ko‘rinadi. Bir tomondan, bugun Isroilning "Haaretz" gazetasida armiyaning janubiy Rafah shahridagi barcha uylarni buzish niyatida ekanligi haqida xabar berildi.
Bu G‘azo hududining 25 foizini tashkil etadi. Isroil mudofaa vaziri israel Kats allaqachon Isroilning G‘azodan hududlarni tortib olishini ma’lum qilgan.
Xalqaro huquqning buncha ko‘p buzilishlariga qaramay, shuni yodda tutishimiz kerakki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azodagi uylarning 92 foizini vayron qilish bilan bir qatorda, Isroil allaqachon Mudofaa vazirligida falastinliklarni G‘azodan chiqarib yuborishni osonlashtirish uchun maxsus bo‘lim tashkil etgan.
Bu Isroil hukumatining pirovard maqsadi – va ular buni yashirishmayapti ham – BMTning insonparvarlik tashkilotlari ta’biri bilan aytganda, falastinliklarni "bombardimon qilish, ochlikka mahkum etish va tuzoqqa tushirish"dan iborat.
Isroil butun G‘azo sektorini o‘zining tub aholisidan tozalash maqsadida, falastinliklarni qabul qilishga tayyor bo‘lgan boshqa mamlakatlar bilan muloqot o‘rnatishga urinmoqda.