Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Isroil falastinlik ayol futbolchini hibsga oldi

Isroil falastinlik ayol futbolchini hibsga oldi

Isroil hukumati Falastin ayollar milliy terma jamoasining 20 yoshli futbolchisi Rend Halavaniyni hibsga oldi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Halavaniy 2 iyun kuni Quddus shahriga so‘roqqa chaqirilgan va 5 iyunga qadar hibsda qolishi belgilangan. Polisiya ayblovga aniqlik kiritmagan. Falastin futbol assosiasiyasi mazkur qadamni qoralab, buni falastinlik sportchilarni tizimli ravishda nishonga olish borasidagi xatti-harakatlarning bir qismi deb atagan.

Isroil harbiylari 2 iyun kuni bosib olingan G‘arbiy Sohilda sobiq milliy futbolchi, Birzeit universiteti talabasi Natali Abu Diyeh va yana uch nafar yosh falastinlik ayolni ham hibsga olgan. Ular terrorchilik faoliyatini hamda terrorizm bilan bog‘liq qo‘shimcha harakatlarni targ‘ib qilishda gumonlanmoqda.

Birzeit universiteti ushbu hibslarni Isroilning Falastin ta’limi va talabalarning akademik faoliyatini davom ettirish huquqini nishonga oluvchi tizimli siyosatining bir qismi deb atadi.

Falastin hududlaridagi mahbuslar huquqlari bo‘yicha asosiy uyushma — Mahbuslar klubi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Isroil qamoqxonalarida 89 nafar falastinlik ayol, jumladan, uch nafar voyaga yetmagan qiz va uch nafar homilador ayol saqlanmoqda. May oyi oxirida Isroil qamoqxonalarida jami 9400 dan ortiq falastinlik, jumladan, Isroil fuqaroligiga ega falastinliklar borligi qayd etilgan.

Kiritildi: Bugun 13:58. O'qildi: 253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!