Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum kuchlar Eronni Yaqin Sharqdagi keng ko‘lamli urushga tortmoqchi ekanini aytdi va shu bilan birga Isroil hukumatini xavfli "sarguzashtlar"da aybladi. Bularning barchasini u BMTdagi matbuot anjumanida aytdi.
«Hizbulloh ham, Livan hukumati ham, Eron ham keng ko‘lamli urushni xohlamaydi. Isroildagi ba’zi doiralar aynan shunday qilishga - Qo‘shma Shtatlarni unga tortish umidida keng ko‘lamli urushni qo‘zg‘atishga harakat qilmoqda, degan shubha bor. Ishonchim komilki, bu shaxsiy ambisiyalarni o‘z xalqi va mintaqa xalqlari manfaatlaridan ustun qo‘yadigan eng xavfli rejalar», — dedi u.
Sergey Lavrov Rossiya katta urushning oldini olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini, bu borada arab davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilayotganini aytdi.