Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil Eronga qarshi operasiyani tez orada yakunlamoqchi

Isroil Eronga qarshi operasiyani tez orada yakunlamoqchi

Isroil yaqin orada Eronga qarshi operasiyani to‘xtatish niyatida va bu haqda Qo‘shma Shtatlarni xabardor qilgan.

Bu haqda Reuters agentligi Isroil rasmiylariga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tel-Aviv javob zarbalarining oldini olishni hisobga olgan holda operasiyani tugatish uchun eng yaxshi strategiyani qidirmoqda. Agentlik manbalaridan biriga ko‘ra, Isroil armiyasi qo‘mondonligi o‘z maqsadlariga erishishga yaqin, deb hisoblamoqda.

Rasmiylar va tahlilchilarning Reuters agentligiga aytishicha, Isroil Eronga kutilmagan hujum uyushtirish vaqtini hisoblab chiqqan, ammo jangovar harakatlar tugashini nazorat qila olmaydi, shuning uchun Tehron hujumlarni davom ettirishga qaror qilsa, urushga tortilish xavfi bor.

Kiritildi: 08:02 24.06.2025. O'qildi: 787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!