NBC News telekanalining xabar berishicha, Isroil AQShdan Eronga hujum boshlash haqidagi iltimosidan so‘ng Pentagonda favqulodda yig‘ilish boshlandi.
Tafsilotlar keltirilmagan, bu borada rasmiy bayonotlar ham berilmagan.
Ma’lumki, Al Jazeera agentligi ismini oshkor etmagan AQSh rasmiy vakiliga tayanib, avvalroq AQSh Isroil va Eron o‘rtasidagi qurolli mojarodan manfaatdor emasligi haqida xabar bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, Axios portali, shuningdek, Isroil ikki kundan beri AQSh rasmiylaridan Eron bilan harbiy mojaroga qo‘shilishni so‘raganini da’vo qilgan edi.