Isroil mudofaa kuchlari Erondagi qurol ishlab chiqarish ob’ektlariga keng ko‘lamli zarbalar berdi.
Bu haqda armiya matbuot xizmati xabar berdi.
"Isroil mudofaa kuchlari Eron rejimining qurol ishlab chiqarish salohiyatiga putur yetkazish maqsadida keng ko‘lamli zarbalar berdi”, — deyiladi bayonotda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, butun Eron bo‘ylab ko‘plab qurol ishlab chiqarish korxonalariga hujum qilingan.