Parchin harbiy majmuasi hududidagi o‘ta maxfiy «Taleghan-2» yadro qurolini ishlab chiqish markazi oktyabr oyida Isroil havo hujumi chog‘ida vayron qilingan edi. Yaqin vaqtgacha u faol emas deb hisoblanardi, deb yozadi Axios.
Eron 2003 yilda uni muzlatib qo‘ygunga qadar markaz Eronning yadroviy qurol dasturining bir qismi bo‘lgan. U yadroviy qurilmani quvvatlaydigan portlovchi moddalarni sinash uchun ishlatilgan. Joriy yil boshida AQSh va Isroil razvedka agentliklari ushbu ob’ektdagi faollikni qayd etgan. Isroil zarbasidan so‘ng olingan sun’iy yo‘ldosh suratlarida markaz binosi butunlay vayron bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Shu bilan birga, Axios AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxudan mintaqadagi vaziyat keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun Eronning keng ko‘lamli hujumiga javoban Eron yadro inshootlariga hujum qilmaslikni so‘raganini eslatadi.
Biroq, Taleghan-2 Eron e’lon qilgan yadro dasturining bir qismi emas edi, shuning uchun Tehron Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma buzilganligini tan olmasdan turib, ushbu ob’ektni yo‘q qilish muhimligini e’lon qila olmaydi.