Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil Eron rahbari Homanaiyning yaqinlarini birma-bir yo‘q qilmoqda

Isroil Eron rahbari Homanaiyning yaqinlarini birma-bir yo‘q qilmoqda

86 yoshli Oliy rahbar Oyatullo Ali Homanaiy borgan sari yakkalanayotgani ko‘zga tashlanmoqda. Uning asosiy harbiy va xavfsizlik maslahatchilari Isroilning havo hujumlari natijasida halok bo‘lgan, bu esa uning yaqin maslahatchilar doirasida katta bo‘shliq qoldirib, strategik xato qilish ehtimolini oshirmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Xomanaiyning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) dagi eng ishonchli shaxslari — qo‘mondon Husayn Salomi, aerokosmik rahbari Amirali Hajizoda (ballistik raketalar dasturi rahbari) va razvedka boshlig‘i Muhammad Kozimiy o‘tgan juma kunidan beri Isroil zarbalarida halok bo‘lgan.

Ular Xomanaiyning 15–20 kishidan iborat yaqin maslahatchilar doirasiga kirgan — bu doirada IRGQ qo‘mondonlari, ulamolar va siyosatchilar bor. Bu guruh doimiy emas, muhim masalalar yuzasidan chaqiriladigan yig‘ilishlarda qatnashadi.

Xomanaiy o‘zining barcha siyosiy va harbiy qarorlarini yakka o‘zi qabul qilsa-da, turli fikrlarga quloq tutadi va maslahatlar oladi. U juda ehtiyotkor va intizomli, shu sabab u shuncha yil hokimiyatda saqlanib turibdi, deydi ekspertlar.

Kiritildi: 15:59 17.06.2025. O'qildi: 4970 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!