Eronda Qurolli Kuchlar Bosh shtabiga yaqinda tayinlangan yangi rahbar Ali Shadmoni o‘ldirildi, deb iddao qilmoqda Isroil harbiylari.
Shadmoni ushbu lavozimga faqat bir necha kun avval, uning avvalgi o‘rinbosari Muhammad Bog‘eriy halok bo‘lganidan so‘ng tayinlangan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Shadmoni kecha tongda Tehronga qilingan zarba vaqtida nobud bo‘lgan. SAXAL (Isroil mudofaa armiyasi) vakiliga ko‘ra, u Eron Oliy rahbari Oyatullo Alii Xomanaiyga eng yaqin shaxslardan biri bo‘lgan.