Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Isroil bosh vaziri “Tong” operasiyasini davom ettirishdan ma’no ko‘rmayotganini aytdi

Isroil bosh vaziri “Tong” operasiyasini davom ettirishdan ma’no ko‘rmayotganini aytdi

Isroil bosh vaziri Yair Lapid yakshanba kuni Isroilning G‘azo sektoridagi “Tong” operasiyasi maqsadlariga erishilganini aytdi.

"Maqsadlarga erishildi. Operasiyani davom ettirishdan ma’no yo‘q", - deya Lapid so‘zlarini keltirmoqda The Jerusalem Post.

Shu bilan birga, gazetaning yozishicha, Falastinning Livandagi “Islom jihodi” guruhi yetakchisi Ehson Ataya, o‘z navbatida, “bosqinchilar bizning talablarimizni qabul qilmaguncha, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘lmaydi”, dedi.

Juma kuni Isroil armiyasi G‘azo sektorida Falastinning “Islomiy jihod” guruhiga qarshi “Tong” operasiyasini boshladi. Harbiylar anklavga zarba bermoqda, G‘azo sektoridan Isroilga raketalar uchirilmoqda.

Kiritildi: 08:45 08.08.2022. O'qildi: 1835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!