Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroil blokadasi fonida G‘azoda oziq-ovqat va yog‘ narxi osmonga ko‘tarildi

Isroil blokadasi fonida G‘azoda oziq-ovqat va yog‘ narxi osmonga ko‘tarildi

Isroilning gumanitar yordam qamali G‘azo bozorlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin ko‘tarilishiga olib keldi, natijada ular ko‘pchilik uchun qo‘l yetmas bo‘lib qoldi.

Markaziy Deyr al-Balah shahrida tovuq go‘shti narxi qamalgacha bo‘lgan davrga nisbatan ikki barobardan ziyod oshib, bir kilosi 5,76 dollardan 13,72 dollargacha ko‘tarilgani AP axborot agentligi tomonidan xabar qilinmoqda. Oshxona gazi narxi esa 16 barobardan ortiqqa oshib, 12 kilosi 406 dollarga yetgani ta’kidlanmoqda.

G‘azoning shimolidan bo‘lgan falastinlik ayol Abeer Obeid aytishicha, yordamning to‘xtatilishi odamlarning "hayot uchun zarur bo‘lgan asosiy ehtiyojlarni" qondirishiga to‘sqinlik qilmoqda va falastinliklar ilgarigidan ham "dahshatliroq" urush bo‘lishidan xavotirlanishni boshlagan.

Kiritildi: 21:48 05.03.2025. O'qildi: 1101 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!