Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil Bayrutdagi "Hizbulloh" nishonlariga hujum qilinganini bildirdi

Isroil Bayrutdagi "Hizbulloh" nishonlariga hujum qilinganini bildirdi

Isroil noyabr oyida o‘t ochish to‘xtatilgandan keyin birinchi marta Livandagi «Hizbulloh» harakatining Bayrutdagi nishonlarini o‘qqa tutdi. AP agentligining 28 mart, juma kuni xabar berishicha, Livan poytaxtida kuchli portlash ovozi eshitilib, tutun ko‘zga tashlangan.

Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) aholini zudlik bilan Bayrut chekkasidagi bir qator hududlardan evakuasiya qilinish haqida ogohlantirib, 22 mart kuni Livandan Isroil shimoliga amalga oshirilgan zarbaga javob qaytarilishi to‘g‘risida xabar bergan edi. "Hizbulloh" voqeaga aloqadorligini rad etdi. 28 mart kuni Livan janubidan otilgan ikkinchi raketa mintaqa hududiga quladi, deb xabar qilgan Isroil harbiylari.

Kiritildi: 18:16 29.03.2025. O'qildi: 545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!