Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, zarba natijasida shifoxonaning reanimasiya va jarrohlik bo‘limlari vayron bo‘lgan.
Isroil mudofaa armiyasi zarba shifoxonaga berilganini tasdiqladi. SAXAL bayonotiga ko‘ra, ushbu shifoxonada “HAMAS tomonidan foydalanilgan qo‘mondonlik va boshqaruv markazi” joylashgan bo‘lgan.
G‘azo fuqarolik yordam xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Shifoxonada ishlagan mahalliy jurnalistning BBC muxbiriga ma’lum qilishicha, Isroil harbiylari zarbadan sal oldin shoshilinch yordam bo‘limida operasiya qilayotgan shifokorga qo‘ng‘iroq qilib, darhol odamlarni shifoxonadan evakuasiya qilishni so‘ragan.