Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Isroil aviasiyasi Livanda qutqaruvchilar va harbiylarga zarba berdi

Isroil aviasiyasi Livanda qutqaruvchilar va harbiylarga zarba berdi

Isroil harbiy havo kuchlari Livan janubidagi qutqaruvchilar brigadasiga hujum qildi.

Al Jazeera telekanalining xabar berishicha, bu haqda Livan armiyasi ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolik mudofaasi bo‘linmalari Livan harbiy xizmatchilari bilan birgalikda Majdal-Zun shahrida (Tir okrugi) fuqarolarni qutqarish operasiyasini amalga oshirayotgan bo‘lgan.

«Isroil tomonidan yo‘llangan zarbalar natijasida ikki nafar livanlik askar yaralandi», — deyiladi bayonotda.

Avvalroq Isroil Livan janubidagi sakkizta aholi punktiga, shuningdek, Tir shahridan sharqda joylashgan hududlarga aviazarbalar bergani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 23:50 28.04.2026. O'qildi: 193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!