Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil askarlari G‘arbiy Sohilda uch nafar falastinlikni yaraladi

Isroil askarlari G‘arbiy Sohilda uch nafar falastinlikni yaraladi

Isroil harbiylari tomonidan bosib olingan G‘arbiy Sohilda otishma oqibatida uch falastinlik, jumladan bir nafar voyaga yetmaganlar yaralandi.

Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati xabariga ko‘ra, hodisa Nablus shahrida isroilliklarning reydi paytida sodir bo‘lgan.

Bayonotda aytilishicha, uch nafar jabrlanuvchi ham shifoxonaga yetkazilgan. Amaliyot davomida isroillik askarlar shovqinli granatalar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.

2023 yilning 7 oktyabr kuni Isroil G‘azo sektoriga hujum boshlaganidan beri G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda falastinliklarga qarshi reydlar, hibsga olishlar va hujumlar ko‘paydi.

Bu davrda Isroil askarlari va ko‘chmanchilarning G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi harakatlari natijasida 847 nafar falastinlik halok bo‘ldi.

Kiritildi: 11:38 17.01.2025. O'qildi: 861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!