Jinoyatchi Isroil Harbiy-havo kuchlari G‘azo urushini tugatib, garovdagilarni ozod qilishga chaqiruvchi petisiyani imzolagan zaxira uchuvchilarini ishdan bo‘shatadi.
Bu qarorni SAXAL qo‘mondonligi qo‘llab-quvvatladi, mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahu esa bunday harakatlarni “kechirib bo‘lmas” deb atadi.
Payshanba kuni Isroilning bir nechta yetakchi gazetalarida e’lon qilingan petisiyani mingga yaqin zaxiradagi va nafaqadagi uchuvchilar imzolagandi, biroq Isroil armiyasining tushuntirishicha, ularning atigi 60 nafari hozirda faol zaxira xizmatida, ya’ni harbiy bo‘linmalarda xizmat qilmoqda.