Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Isroil armiyasi Eronga qarshi mustaqil operasiyaga tayyorlanmoqda

Isroil armiyasi Eronga qarshi mustaqil operasiyaga tayyorlanmoqda

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning tegishli ko‘rsatmasidan so‘ng, mamlakat Eronga qarshi mustaqil harbiy operasiyaga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Israel Kas ma’lum qildi.

Isroil ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Isroil Mudofaa armiyasiga (SAXAL) Qo‘shma Shtatlarning bevosita ishtirokisiz, Eron bilan vaziyatning yangi keskinlashuvi yuz bergan taqdirda harakatlar rejasini ishlab chiqish topshirilgan. Tayyorgarlik mintaqadagi vaziyatning rivojlanishini hisobga olgan holda olib borilmoqda.

«SAXALga Bosh vazir va men tomonimdan Eronda «boshidan oxirigacha» Isroil harbiy operasiyasini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi va u puxta rejalashtirilgan», — dedi mudofaa vaziri.

Kas Isroil va uning armiyasi «bunga qaytishni istayotganini» ta’kidladi.

Bayonot Ho‘rmuz bo‘g‘ozi atrofidagi navbatdagi keskinlik fonida yangradi. Avvalroq Eron dunyo neft ta’minotining katta qismi o‘tadigan strategik dengiz yo‘nalishini yana bir bor to‘sib qo‘yganini e’lon qilgan edi.

Shu bilan birga, Isroilda voqealarning keyingi rivojlanish ssenariylari va mamlakat xavfsizligiga «to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid tug‘ilgan» taqdirda mustaqil harakat qilishga tayyorgarlik darajasi baholanmoqda.

Kiritildi: 18:21 12.07.2026. O'qildi: 1124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!